OʻZBEKISTON MILLIY ENSIKLOPEDIYASI DAVLAT ILMIY NASHRIYOTI

OʻZBEKISTON MILLIY ENSIKLOPEDIYASI DAVLAT ILMIY NASHRIYOTI

«OʻZBEKISTON MILLIY ENSIKLOPEDIYASI» DAVLAT ILMIY NASHRIYOTI — koʻp jiddli Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (OʻzME), soha ensiklopediyalari, izohli va koʻp tilli lugʻatlar, maʼlumotnomalar tayyorlash va nashr etishga ixtisoslashgan ilmiymaʼrifiy muassasa. Nashriyotning dasturiy yoʻnalish faoliyatiga, shuningdek, oʻzbek xalqining boy tarixiy, madaniy va adabiy merosiga, milliy qadriyatlarga oid, tibbiyot, sogʻlom avlod, onalik va bolalikni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport, turizmga doir ilmiy, ilmiyommabop, badiiy adabiyotlar, oʻquv darsliklari hamda oʻquv qoʻllanmalarini nashr etish ham kiradi. Toshkent shahrida joylashgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 20-martdagi qarori bilan tashkil etilgan. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi qarori asosida nashriyotga Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti va Abu Ali ibn Sino nomidagi Tibbiyot nashriyoti qoʻshilishi munosabati bilan qayta tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi matbuot va axborot agentligi tizimida.

Ensiklopediya.uz
OʻZBEKISTON MILLIY ENSIKLOPEDIYASI DAVLAT ILMIY NASHRIYOTI