USUL ad-DIN

USUL ad-DIN

USUL ad-DIN (arab. — din asoslari, islom asoslari) — islom shariati va dindan olingan eʼtiqodiy hukmlarni bahs qiluvchi ilm. Bu ilm asosiy hisoblanib, boshqa diniy ilmlar unga ergashadi. Bu istiloqni birinchi boʻlib Abul Hasan alAshʼariy ishlatgan. U oʻz kitobini «AlIbona an usul addiyona» deb nomlagan. Abul Qoxir alBagʻdodiy alAshʼariy (1037-y. v. e.) «Usul addin», alLolkoiy (1026-y. v. e.) «Usul usSunna» kitobini yozgan. Aqoid masalalari dinning asli boʻlgani uchun bu ilmning faqat nomiga emas, oʻziga ham katta eʼtibor berilgan. Musulmonlar uchun Usul ad-din ad. d. ni oʻrganish katta ahamiyatga ega boʻlgan, uni bilmagan odamning ibodati ham durust boʻlmasligi hammaga uqtirilgan. Hoz. paytda, «Usul ad-din ad. d.» istilohi kam qoʻllaniladi, uning oʻrniga «aqoid» soʻzi ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
USUL ad-DIN