OʻGAY ONA

OʻGAY ONA

OʻGAY ONA — boshqa nikohdan boʻlgan bolaning onasi. Oila qonunchiligida Oʻgay ona bilan oʻgay bola oʻrtasidagi muayyan huquqiy munosabatlar koʻrsatib oʻtilgan. Oʻzbekiston Respublikasi OK ga koʻra, Oʻgay onaning tarbiyasida yoki taʼminotida boʻlgan voyaga yetmagan oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizlarning ota-onasi yoʻq boʻlsa yoxud oʻz ota-onasidan yetarli mablagʻ ololmayotgan boʻlsa, ularga taʼminot berish majburiyati Oʻgay ona zimmasiga yuklatilishi mumkin. Oʻz navbatida, oʻgay bolalar zimmasiga ham ular voyaga yetganda shunday majburiyat yuklanishi mumkin. Oʻgay onaga oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizdan aliment undirishni talab qilish huquqini beradigan asosli shartlarga qonun quyidagilarni kiritadi. Oʻgay onaning mehnatga layoqatsizligi (yaʼni, umumiy pensiya yoshiga yetganlik yoki 1, 2guruh nogironligi, istisno tariqasida — 3guruh nogironligi), shuningdek, Oʻgay onaning oʻz oʻgay oʻgʻillari yoki oʻgay qizlariga kamida besh yil tarbiya va taʼminot berganligi fakti tasdiqlangan boʻlishi kerak (Oʻzbekiston Respublikasi OKning 127, 128-moddalari).

Ensiklopediya.uz
OʻGAY ONA