URMIYA

URMIYA

URMIYA (1926—80 y. larda Rizoiya) — Eronning shim. gʻarbiy qismidagi shahar, Urmiya koʻlining gʻarbiy sohilida. Gʻarbiy Ozarbayjon ostonining maʼmuriy markazi. Aholisi 435,2 ming kishi (1997). Q. x. (tokchilik va mevachilik) r-nining markazi. Shakarqand, tamaki, quruq mevalar tayyorlovchi korxonalar bor. Gilam toʻqiladi. Hunarmandchilik rivojlangan. Un-t bor.

Ensiklopediya.uz
URMIYA