FEODOSIY I

FEODOSIY I

FEODOSIY I, Buyuk (Theodosius) (taxm. 346—395) — Rim imperatori (379-y. dan). 380-y. ortodoksal xristianlik hukmronligini oʻrnatgan, arianlar va majusiylarni quvgʻin qilgan. Uning davrida Olimpiya oʻyinlari (majusiylarga xos deb) bekor qilingan. Aleksandriya kutubxonasi va majusiylarning koʻplab ibodatxonalari yondirib yuborilgan.

Ensiklopediya.uz
FEODOSIY I