FASHIZM

FASHIZM

FASHIZM (ital. fassismo — tuda, birlashish) — totalitar tipdagi siyosiy diktaturaga asoslangan hokimiyatning siyosiy konsepsiyasi. Bunda faqat yuqoridan pastga qarab buyruq beriladi. Fashizm demokratiyami»! qaramaqarshisi va uni inkor etish hisoblanadi, u hokimiyatning boʻlinishiga yoʻl qoʻymaydi. Jahon tarixida Fashizmning bir necha koʻrinishlari uchragan. Jumladan, Italiyada totalitar rejim hokimiyati, Germaniyada natsistlar Fashizmi, Portugaliyada harbiysiyosiy Fashizm, Ispaniyada harbiy otryadlar Fashizm F. ning har qanday koʻrinishi demokratiya tartibotlari va qadriyatlarini hech qachon eʼtiborga olmaydi, bunday tizimda inson qadri, erkinligi, huquqlari poymol qilinadi. Hokimiyatning jamiyat hayotining barcha jihatlariga haddan tashqari aralashuvi natijasida hamma sohalarni qattiq nazoratga oluvchi totalitar siyosiy partiya shakllanadi va u davlatmonopol tashkilotiga aylanadi. Fashizm ana shunday tashkilotga va «dohiy»ning eʼtiroz bildirib boʻlmaydigan obroʻeʼtiboriga tayanadi.

Ensiklopediya.uz
FASHIZM