FTALAT KISLOTALAR
FTALAT KISLOTALAR, benzol dikarbon kislotalar, S6N4(SOON) 2 — aromatik qatorning 2 asosli karbon kislotalari. 3 ta izomer holida mavjud: or/ioftalat yoki toʻgʻridantoʻgʻri ftalat kislota (suyuqlanish trasi 200°); metaftalat yoki izoftalat kislota (suyuqlanish trasi 348°); napaftppat yoki tereftalat kislota (suyuqlanish trasi 425°). F. k. — amaliy jihatdan suvda erimaydigan kristall moddalar. O. F. k. sanoatda fshalat angidrid holida olinadi. O. F. k. ning oʻrta efirlari qaynash trasi yuqori boʻlgan moysimon suyuqliklar, plastifikatorlar, manometr suyuqliklari, vakuum nasoslarning ishchi suyuqliklari sifatida ishlatiladi. Ftalat kislotalarning muhim hosilalaridan dimetiltereftalat polietilentereftalat sintezida qoʻllanadi.
Ensiklopediya.uz
FTALAT KISLOTALAR