FRIGII TILI

FRIGII TILI

FRIGII TILI — Qadimgi Kichik Osiyoning shim. gʻarbiy qismida yashagan, mil. av. 2ming yillik — 1ming yillikning boshida shu yerga koʻchib oʻtgan hindevropa qabilalari — frigiyaliklar tili; hindevropa tillari oilasi tarkibida alohida guruhni tashkil etadi. Kichik Osiyodan topilgan, 2 davrga mansub yodgorliklar hamda yunon va rim mualliflari asarlaridagi izoh soʻzlar orqali maʼlum. Qad. frigiy matnlari diniy yodgorliklar va sopol buyumlarda boʻlib, mil. av. 8—3-a. larga mansub (ular 200 tadan ortiq; qad. yunon alifbosiga oʻxshash harfiy alifboda yozilgan). Yangi frigiy matnlari qabrtosh yozuvlaridan, yunoncha marsiyalar oxiridagi qargʻish, laʼnat ifodalaridan iborat. Ular 100 tadan ortiq boʻlib, mil. 2—3-a. larga mansub va yunon yozuvida bitilgan.

Ensiklopediya.uz
FRIGII TILI