XURSHID DOʻSTMUHAMMAD
XURSHID DOʻSTMUHAMMAD (asl nomi Doʻstmuhamedov Xurshid) (1951.8.1, Toshkent) — yozuvchi, jurnalist. Toshkent universitetining jurnalistika f-tini tugatgan (1973). «Fan» nashriyoti hamda «Fan va turmush» jur. da muharrir va boʻlim muharriri (1973 — 83), «Qishloq haqiqati» gaz. da muxbir (198384), «Yosh kuch» jur. da boʻlim muharriri, bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir (198495), Respublika Prezidenta devonida masʼul xodim (1995—97), «Hurriyat» gaz. da bosh muharrir (1997— 2002) va Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllabquvvatlash ijtimoiysiyosiy jamgʻarmasida hamrais (1997—2004). «Oʻzbekiston matbuoti» jur. ning bosh muharriri (2002—05), Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining rais oʻrinbosari (2004 — 05). Oʻzbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi (2004).
Ensiklopediya.uz
XURSHID DOʻSTMUHAMMAD