FILTRLASH
FILTRLASH (kimyoda) — suyuklik yoki gazni oʻtkazib, qattiq jismlarni tutib qoladigan filtrlovchi toʻsiq yordamida suspenziyalar yoki aerozollartl. ajratish jarayoni. Filtrlash maxsus qurilma — filtrda amalga oshiriladi. Suspenziyani Filtrlashda suyuklikdan ajraladigan qattiq jismlar filtrlovchi toʻsiqda koʻpincha nam choʻkma hosil qiladi. Bu choʻkma suv va b. suyuqliklar bilan yuvib tushiriladi yoki quritish maqsadida havo bilan puflanadi. Juda qovushqoq va konsentratsiyasi kichik nozik dispers suspenziyalarning kattik zarralari filtrlovchi toʻsiqning teshikchalariga singib, choʻkma hosil qilishi yoki qilmasligi mumkin. Teshikchalarni kamaytirish yoki kichraytirish maqsadida yordamchi moddalar (diatomit, perlit, asbest, sellyuloza va b.) koʻllanadi. Bunday moddalar filtrlovchi toʻsiqqa beriladi yoki suspenziyaga qoʻshiladi. Filtrlovchi toʻsiq orqali oʻtgan suyuklik filtrat deb ataladi.
Ensiklopediya.uz
FILTRLASH