FILATELIYA
FILATELIYA (frans. philatelie, yun. Phileo — sevaman va ateleia — toʻlovdan ozod qilish) — aloqa toʻlovi belgilari (markalar, etiketkalar, shtempellar va b.), shu belgilar tushirilgan xatjildlar va otkritkalarni oʻrganish va toʻplash bilan shugʻullanish. 19-a. 40-y. lari oxirida vujudga kelgan. «Filateliya» terminini fransuz marka toʻplovchisi G. Erapen 1864-y. kiritgan. 19-a. 60-y. laridan boshlab Filateliyaga doir kataloglar, jur. lar nashr qilinadi, 70-y. laridan boshlab Filateliya ishqibozlari jamiyatlari tuzila boshladi. Filateliya ashyolari 3 yoʻnalishda: tarixiy, mavzuviy va xronologik yoʻnalishlarda toʻplanadi va oʻrganiladi. OʻzR da filatelistlar jamiyat 2003-y. da tashkil qilingan.
Ensiklopediya.uz
FILATELIYA