XALQARO ASTRONOMIYA ITTIFOQI
XALQARO ASTRONOMIYA ITTIFOQI — Xalqaro ilmiy jamiyat. Jahondagi astronomik muassasalar, rasadxonalar, intlarning harakati bilan 1919-y. tashkil etilgan. Unga 70 davlat aʼzo. Oʻzbekiston 1998-y. dan aʼzo. Asosiy vazifalari: astronomiyaning barcha sohalarini rivojlantirishga yordam koʻrsatish; astronomik tadqiqotlarda ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish; astronomiya fani manfaatlarini boshqa xalqaro tashkilotlarda himoya qilish. Xalqaro astronomiya ittifoqi ish organlari ijroiya qoʻmitasi va astronomiyaning alohida muammolari bilan shugʻullanuvchi 37 ta qoʻmitasidan iborat 7 ta boʻlimni oʻz ichiga oladi. Qoʻmitalari, asosan, xalqaro konferensiya, simpozium va b. ni tashkil qilish yoʻli bilan muvofiqlashtirish ishlarini olib boradi. Umumiy ishni Xalqaro astronomiya ittifoqi Bosh assambleyasi boshqaradi; u har 3 yilda bir marta yigʻiladi. Bosh assambleya umumiy yigʻilish va majlislarida astronomiyaning eng dolzarb masalalari toʻgʻrisidagi maʼruzalar tinglanadi, astronomik kuzatishlar hisobotlari tasdikdanadi va yangi tadqiqotlar dasturlari taklif kilinadi.
Ensiklopediya.uz
XALQARO ASTRONOMIYA ITTIFOQI