FOB
FOB, franko bort (ing. FOB, free on board) — xalqaro savdoda tovarlarni yetkazib berish shartlaridan biri, aynan «kemada erkin» maʼnosini bildiradi. Bu shartga koʻra, sotuvchi oʻz hisobidan tovarni kema bortiga yetkazib (ortib) beradi va (FASdan farq qilgan xrlda) eksport bojlarini toʻlaydi; xaridor esa kemani oʻz hisobidan yollashi, tovar haqini toʻlashi, yetkazib berilganidan keyin tovarni tashib berishni taʼminlashi lozim.
Ensiklopediya.uz
FOB