FLORI

FLORI

FLORI (Florey) Xouard Uolter 1898. 24.9, Alelanda, Avstraliya — 1968.21.2, Oksford) — ingliz patologi; London Qirollik jamiyati aʼzosi (1941), prezidenti (1960 —65). Adeland un-tini tugatgan (1921); Sheffild un-ti (1931 —34) va Oksford in-ti (1935 —62) prof. Oksford Qirollik kolleji rektori (1962 —68). Ilmiy faoliyati kapillyar qon aylanishi patologiyasi, yalliglanish jarayonlari, limfotsitlar funksiyasi, lizotsim va antibiotiklarga oid. Flori ilk bor penitsillinni odam va hayvonlarni davolashda qoʻllagan (1940). Nobel mukofoti laureati (1945, A. Fleming va E. Cheyn bilan hamkorliqda).

Ensiklopediya.uz
FLORI