FLEKSIYA
FLEKSIYA (lot. fl exio — egilish, bukilish; bukik) — soʻz oʻzgarishlarida namoyon boʻladigan grammatik kategoriyalar majmui koʻrsatkichi; shunday koʻrsatkichlardan foydalanadigan soʻz oʻzgarishi tizimining oʻzi. Fleksiyada qoʻshimchalar qoʻshilishi yoki oʻzakdagi baʼzi tovushlarning oʻrin almashinishi natijasida soʻzlar dastlabki shaklini yoʻqotadi yoki oʻzgartiradi. Ichki vatashqi Fleksiya farklanadi. Ichki Fleksiya soʻz uzgartirishning shunday usuliki, unda suz shakllari asos tarkibidagi tovushlarning oʻzgarishi orqali hosil qilinadi. mas, arab tilidagi «kataba» (u yezdi) suz shakli ktb uzagiga hamda grammatik maʼno ifodalovchi aaa unlilariga (harf sifatida emas, diakritik belgi b-n koʻrsatiladigan qisqa unlilarga) ajratiladi [qiyoslang: «kutiba» — yozilgan (uia) «maktaba» — kutubxona, kitob doʻkoni (yana aaa)]. Koʻrinadiki, ichki Fleksiya nafaqat grammatik shakllarning hosil boʻlishiga, hatto suz yasalishiga xizmat qiladi. Tashqi Fleksiya sintetik affikslardan foydalanuvchi soʻz oʻzgarishi (mas, rus tilidagi pole, polya, poley va sh. k. (q. Sintetik tillar). Morfologiyasida asosan Fleksiyadan foydalanuvchi tillar flektiv tillar deb ataladi.
Ensiklopediya.uz
FLEKSIYA