FIZIKA

FIZIKA

FIZIKA (yun. physis — tabiat) — tabiat xaqidagi umumiy fan; materiyaning tuzilishi, shakli, xossalari va uning harakatlari hamda oʻzaro taʼsirlarining umumiy xususiyatlarini oʻrganadi. Bu xususiyatlar barcha moddiy tizimlarga xos. Turli va aniq moddiy tizimlarda materiya shakllarining murakkablashgan oʻzaro taʼsiriga tegishli maxsus krnuniyatlarni kimyo, geologiya, biologiya singari ayrim tabiiy fanlar oʻrganadi. Binobarin, Fizika fani bilan boshka tabiiy fanlar orasida bogʻlanish bor. Ular orasidagi chegaralar nisbiy boʻlib, vaqt oʻtishi bilan turlicha oʻzgarib boraveradi. Fizika fani texnikaning nazariy poydevorini tashkil qiladi. Fizikaning rivojlanishida kishilik jamiyatining rivojlanishi, tarixiy davrlarning ijtimoiy-iqtisodiy va b. shartsharoitlari maʼlum ahamiyatga egadir.

Ensiklopediya.uz
FIZIKA