Misrda dam olish
Misrda dam olish
DO`STLARGA ULASHING:
MISR
Misr – bu haqiqiy «sharq gavhari». Qadimiy sivilizatsiya mamlakati, yil boʼyi quyosh oʼz nurlarini sahiylik bilan ulashuvchi, dengizi esa doim iliq va musaffo oʼlka. Bu yerda siz qadimiy piramidalar va Sfinksni, Tutanxamonning oltin xazinasini va buyuk Luksor ibodatxonalarini tomosha qilishingiz mumkin.Misr dam olish va sayohat qilishni xohlovchilar uchun oʼz eshiklarini keng ochmoqda. Yoz jaziramasidan qoʼrqmaydiganlar bu mamlakatga iyundan sentyabrgacha boʼlgan muddatda tashrif buyurishlari mumkin. Bu Qizil dengiz sohillaridagi eng issiq va quruq davr. Moʼʼtadil havo va iliq dengiz suvini maʼqul koʼruvchilar esa Misrga oktyabrь-noyabrь oylarida bemalol kelishlari mumkin.
Misrda dam olish – bu maftunkor Xurgada, mashhur Sharm al-Shayx, Misr Venetsiyasi deb nomlanuvchi Аl-Guna, Safaga, Makadi Bey, Dahab, Taba iqlim sanatoriylari…
Misr ilgari va hozir ham ommaviy hamyonbop dam olish maskani boʼlib qolmoqda. Qizil dengiz sohillariga serfer va dayverlar oshiqishadi: baʼzilari baliq ovlasa, boshqalari marjonlarni tomosha qilish ilinjida suv ostiga shoʼngʼishadi.
Аjoyib iqlim, iliq dengiz, keng qumli plyajlar, sifatli mehmonxonalar, turli-tuman ekskursiyalar – bularning barchasi Misrda unutilmas dam olishni kafolatlaydi, shu sababli bu yerga yana va yana qaytgingiz keladi.
Misrda dam olish