FILOLOGIYA
FILOLOGIYA (yun. philologia — soʻzni sevish, soʻzga mexr) — gumanitar fanlar — tilshunoslik, adabiyotshunoslik, matnshunoslik, manbashunoslik, paleografiya va b. ning hamkorligidan tarkib topgan umumiy fan; yozma yodgorliklarni lisoniy va stilistik jihatdan taxlil etish orqali inson maʼnaviy madaniyatining tarixi va mohiyatini oʻrganadi. Oʻz ichki masalalari va tashqi aloqalari yigʻindisidan iborat boʻlgan matn Filologiyaning mavjudligini belgilovchi ilk asos hisoblanadi. Asosiy diqqateʼtiborni matnga qaratish, unga yordamchi sharxlar yaratish (filol. asarlarning eng qad. shakli) orqali Filologiya ayni shu nuqtayi nazar asosida inson turmushini, eng avvalo, maʼnaviy turmushini butun kengligi va teranligi bilan qamrab oladi. Filologiya yozuv madaniyati nisbatan yuksalgan davrda paydo boʻlgan.
Ensiklopediya.uz
FILOLOGIYA