FEROMON

FEROMON

FEROMON (yun. phero — eltaman, olib boraman va hormao — harakatga keltiraman, qoʻzgʻataman) , x,asharotlar feromonlari — hasharotlar atrof muhitga chiqaradigan biologik faol moddalar, jinsiy attraktantlar. Hasharotlar jinsiy Feromon chiqarish bilan turli jinslarning bir-birini oʻzaro «topishishi»ni, jinsiy maylni, jalb qilish Feromoni bilan cheklangan maydonda juda koʻp hasharotlar toʻplanishini taʼminlaydi, «xavfxatar» F. i qochish, berkinish, hujumkorlik harakatlariga sabab boʻladi. Hoz. gacha turli hasharotlarning 300 dan ortiq Feromoni oʻrganilgan. Ular asosida juda koʻp sintetik Feromonlar yaratilgan.

Ensiklopediya.uz
FEROMON