FARGʻONA TUMANI

FARGʻONA TUMANI

FARGʻONA TUMANIFargʻona viloyatidagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil qilingan. 1962-y. 24 dek. da Quva tumaniga qoʻshib yuborilgan. 1964-y. 22 fev. da qayta tuzilgan. Shim. dan Margʻilon va Fargʻona sh. lari, sharqdan Quva tumani va Quvasoy sh., jan. sharq va jan. dan Qirgʻiziston Respublikasi, shim. gʻarbdan. Oltiariq tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,62 ming km2. Aholisi 168,5 ming kishi (2004). Tumanda 1 shaharcha (Chimyon), 13 fuqarolar yigʻini (Avval, Gulshan, Damkoʻl, Vodil, Kaptarxona, Logʻon, Soyboʻyi, Mindon, Navkat, Oqbilol, Xonqiz, Chekshoʻra, Chimyon) bor. Tuman markazi — Vodil qishlogʻi.

Ensiklopediya.uz
FARGʻONA TUMANI