FUNSHAL
FUNSHAL — Portugaliyadagi shahar, Madeyra o. da. Aholisi 115,4 ming kishi. Atlantika okeani sohilidagi port, chetga vino, meva va baliq chiqariladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Vinochilik, shakarqand, kema taʼmirlash korxonalari bor. Xalqaro kurort va turizm markazi. Shaharga 1421-y. da asos solingan. 15— 16-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.
Ensiklopediya.uz
FUNSHAL