XONAZAROV Qoʻchqor Xonazarovich
XONAZAROV Qoʻchqor Xonazarovich (1922.27.1, Toshkent) — faylasuf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), falsafa fanlari dri (1963), prof. (1967). 2-jahon urushi qatnashchisi (1942—44). Moskva xalqaro munosabatlar intini tugatgan (1950), KPSS MK huzuridagi Marksizmleninizm inti (1953—59; 1971 — 1980), Oʻzbekiston FA Falsafa va huquq inti (1959—63)da katta ilmiy xodim, Oʻzbekiston FA falsafa kafedrasi mudiri (1964), Til va adabiyot inti direktori (1964—71), Falsafa va huquq inti direktori (1980—86), boʻlim mudiri (1995—98). Oʻzbek sovet ensiklopediyasi bosh muxarriri (1986—88). Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kafedra mudiri (1993-95; 1998-2003).
Ensiklopediya.uz
XONAZAROV Qoʻchqor Xonazarovich