XOJA FAZLULLOH
XOJA FAZLULLOH, Xoja Jamoluddin Fazlulloh Abullaysiy (15-a.) — samarqandlik shoir, mudarris. Alisher Navoiynnnt ustozi. Falsafa, fiqh fanlarini, fors va arab tillarini yaxshi bilgan. Fiqh ilmi borasida «Ikkinchi Abu Hanifa» (q. Mazhab) laqabini olgan. Alisher Navoiy Samarqandda oʻqib yurgan chogʻlarida (1465—69), X. F. xonadonida yashagan, taʼlim olgan. Navoiy keyinchalik «Majolis unnafois» tazkirasining 2majlisida u haqsa: «Faqih Abdullays avlodidandir. Fiqhda ani Abu Hanifai Soniy derlar edi va arabiyat (arab filologiyasi)da Ibn Hojib (arab tili grammatikasi boʻyicha «alKofiya» nomli mukammal darslik muallifi) kaffasida tutarlar erdi», deb yozadi. Xoja Fazlulloh madrasada dars berish huquqini ustozi, buyuk tilshunos olim Sayid Sharifdan olgan.
Ensiklopediya.uz
XOJA FAZLULLOH