XENCH
XENCH (Hench) Filip Shouolter (1896.28.2, Pitsburg 1965.30.3, OchoRios, Yamayka) — amerikalik revmatolog. Pitsburg universiteti tibbiyot maktabini tugatgan (1920). Meyo klinikasi xodimi (1921), tibbiyot boʻlimi konsultanti va revmatik kasalliklar seksiyasi rahbari (1926-y. dan). 1928-y. dan Minnesot (Rochester) universitetida, prof. (1947-y. dan). Revmatik kasalliklar klinikasida endokrin omillarni tadqiq etgan va ularni davolashda buyrak usti bezi poʻstlogʻi gormonini birinchi boʻlib qoʻllagan. Nobel mukofoti laureati (1950; E. Kendall va T. Reyxshteyn bilan hamkorlikda).
Ensiklopediya.uz
XENCH