XEKMAN
XEKMAN (Heckman) Jeyms (1944.19.4, Chikago) — amerikalik iqtisodchi. Priston universitetini tugatgan (1968). NyuYork va Kolumbiya universitetlari, Iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosi va «REND» korporatsiyasida ishlagan. 1977-y. dan Chikago universiteti prof. X. ilmiy ishlari mehnat resurslari, aholishunoslik, «insoniy potensial», davlat siyosati, mikroekonometriya sohasida mikro maʼlumotlarni statistik tahlil usullari, xususan, statistik tanlamani shakllantirish muammolariga bagʻishlangan. Nobel mukofoti laureati (2000, D. Makfadden bilan birga).
Ensiklopediya.uz
XEKMAN