Seyshel orollari
Seyshel orollari
DO`STLARGA ULASHING:
SEYShEL OROLLАRI
Seyshel orollari – Hind okeanida, ekvatordan janubroqda va Madagaskardan shimolda joylashgan jannatmakom mamlakat. Yorqin suvosti dunyosi, ekzotik tabiat. Mashhur koko-de-mer palmalari, baʼzilari butun boshli orolni egallovchi hashamatli mehmonxonalar, bekamu koʼst servis xizmati – bularning barchasi okean va tabiat qoʼynida orom olishni xohlovchilar uchun haqiqiy topilma. Havo haroratining keskin tebranishisiz mayin nam tropik iqlim Seyshel orollarini dunyodagi eng koʼp sayyohlar tashrif buyuruvchi mamlakatga aylantirdi. Bu yerda yil shartli ravishda ikki mavsumga boʼlinadi: dekabrdan maygacha boʼlgan nisbatan issiq va nam muddat hamda iyundan noyabrgacha boʼlgan biroz salqin va quruq muddat. Shunga qaramay Seyshelda istalgan oyda dam olish mumkin.Seyshel orollariga safar – bu oʼz yaqinlaringiz bilan oʼtkazishingiz mumkin boʼlgan unutilmas kunlar ketma-ketligi.
Seyshel orollarida dam olish – bu yana va yana tashrif buyurishga undovchi ajoyib ertak.
Seyshel orollari