FAZOMETR

FAZOMETR

FAZOMETR, faza oʻlchagich — sanoat chastotali oʻzgaruvchan tok elektr zanjirlarida kuchlanish va tok kuchi orasidagi quvvat koeffitsiyenti (fazalar siljishi burchagi kosinusi) ni yoki elektr tebranishlari fazalar farqini oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Ishlatilish joylariga kura bir necha xilga boʻlinadi. Sanoat chastotalarida fazalar siljishi burchagining kosinusi elektromexanik usulda — logometr (elektrodinamik, ferrodinamik, elektromagnit yoki induksion) bilan oʻlchanadi. Logometr milining ogishi kuchlanish bilan tokning fazalar siljishiga bogʻliq. Keng diapazondagi chastotalar uchun moʻljallangan Fazometr sifatida elektronhisoblash oʻlchagichlari qoʻllanadi. Elektron F. lar b-n oʻlchash elektronmexanik Fazometrlar bilan oʻlchashdagidan aniqroq chiqadi.

Ensiklopediya.uz
FAZOMETR