FRIDRIX II

FRIDRIX II

FRIDRIX II (1712.24.1, Berlin 1786.17.8, Potsdam) — Prussiya kiroli (1740-y. dan). Gogensollernlar sulolasidan. Qirol Fridrix Vilgelmning oʻgʻli. Yirik sarkarda. Yoshligida fransuz maʼrifatparvarlari taʼsirida boʻlgan. Ayni vaqtda pruss harbiybyurokratik militarizmining eng izchil vakillaridan. 1740-y. F. P Avstriyaga tegishli Sileziyaga bostirib kirib, bir necha bor urush qilgan. 1Sileziya urushi (1740— 42) va 2Sileziya urushi (1744—45) natijasida muhim iqtisodiy va strategik ahamiyatga ega boʻlgan bu oʻlkani oʻziga tobe qilgan. 1756—63 y. lardagi Yetti yillik urushda Avstriya va Fransiya qoʻshinlariga bir necha marta zarba bergan. Fridrix II oʻzini sanʼatni qadrlovchi va homiysi qilib koʻrsatgan. Bir qator falsafiy va tarixiy asarlarning muallifi boʻlgan. Asarlarini, asosan, fransuz tilida yozgan. Absolyutizmni mustahkamlash yuzasidan Fridrix II P bir necha islohotlar oʻtkazgan.

Ensiklopediya.uz
FRIDRIX II