XARLEM
XARLEM, Garlem — Niderlandiyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Shim. Gollandiya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 148,7 ming kishi (2001). Sparna kanalidagi bandargoh. Gulchilik rni markazi. Eksport uchun gullar, asosan, lola ekiladi. Transport mashinasozligi, sintetik kauchuk i. ch., parfyumeriya, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Muzeylar, bogʻlar bor. 14—18-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklari saklangan.
Ensiklopediya.uz
XARLEM