FOSFAT KISLOTALAR

FOSFAT KISLOTALAR

FOSFAT KISLOTALAR — fosfat angidrid (R2O5)ning suvli hosilalari. Bir molekula fosfat angidrid bilan bir necha molekula suv birikishiga karab 3 xil fosfat kislota olinishi mumkin: R2O5+N2O^2NRO, (metafosfat kislota); R,O5+2N2O^N4R2O7 (pirofosfat kislota); R,O5+ZN2O»2N3RO4 (ortofosfat kislota). Bularning ichida eng muximi ortofosfat kislota, u toʻgʻridantoʻgri fosfat kislota deb ataladi. Fosfat kislota (N3RO4) — rangeiz, tiniq kristall modda. Suyuklanish trasi 42,35°, zichligi 1,87 g/smʻ. Normal sharoitda inert, yuqori trada koʻpgina metall va ularning oksidlari bilan reaksiyaga kirishadi va, hatto kvars bilan oltinga ham taʼsir etadi. Fosfat kislota suv bilan har qanday nisbatda aralashadi. Ortofosfat kislota 3 asosli, u 3 xil tuz hosil qiladi, mas, (SaN2RO4)2 — kalsiy digidrofosfat (birlamchi fosfat); Sa2(NRO4)2 — kalsiy gidrofosfat (ikkilamchi fosfat); Sa3(RO4)2 — kalsiy fosfat (uchlamchi fosfat).

Ensiklopediya.uz
FOSFAT KISLOTALAR