FARMON

FARMON

FARMON — 1) muayyan mamlakatlarda davlat boshligi (Prezident) chiqaradigan muhim huquqiy hujjat. F. bilan, odatda, shaxslar yuksak lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi, favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy etiladi, orden va medallar bilan mukofotlash amalga oshiriladi, oliy harbiy va faxriy unvonlar beriladi, umumnormativ xususiyatga ega boʻlgan qarorlar rasmiylashtiriladi. Umumiy qoidaga koʻra, Farmon mazkur davlat konstitutsiyasi va qonunlariga (OʻzRda — Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Krraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi va OʻzR qonunlariga) zid boʻlmasligi kerak. Oʻzbekiston Respublikasida Prezident Farmon lari Oliy Majlis yoki Vazirlar Mahkamasi roziligisiz mustaqil tarzda Prezident tomonidan qabul qilinadi. Farmon — mazmun va mohiyatiga koʻra, konstitutsiyaviy normalarni ijtimoiy hayotga tatbiq qilishning vositasi sifatida namoyon boʻlib, yuridik kuchi nuqtayi nazaridan konstitutsiya va qonun normalariga nisbatan ikkilamchi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining «Normativhuquqiy hujjatlar toʻgʻrisida»gi qonuni (2000-y. 14 dek.)ga koʻra, Prezident Farmonlari belgilangan tartibda kuchga kiradi va ular eʼlon qilinishi shart. Gʻarb mamlakatlarida, Farmonga oʻxshash hujjatlar koʻpincha dekret (AQSHda ijro etuvchi direktivalar) deb ataladi;

Ensiklopediya.uz
FARMON