XIRMON

XIRMON

XIRMON — yigʻibterib olingan ekinlar hosili toʻplanadigan maydoncha. Gʻallachiliqsa shamol yaxshi esadigan teparoq joylarda, paxtachilikda dala yonida boʻyi 70—80 m, eni 45 — 60 m li maydon X. uchun jihozlanadi, yaʼni yer tekislanadi somon suvoq qilinadi yoki asfalt yotqiziladi. Xirmonda mahsulot tozalanadi, quritiladi, idish (qop)larga joylanadi va omborlarga joʻnatiladi.

Ensiklopediya.uz
XIRMON