FASSIOLYOZ

FASSIOLYOZ

FASSIOLYOZodam va hayvonlarning gijja kasalligi. Trematodalar sinfiga mansub fassiolalar qoʻzgʻatadi. Ular tuxumini odam va oʻtxoʻr xayvonlar jigari, oʻt yoʻllari, oʻt pufagiga qoʻyadi, tashqariga axlat orqali chiqadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchisining keyingi rivojlanish davri suvli muhitda va oraliq xoʻjayin organizmi — mollyuskalarda oʻtadi. Lichinka mollyuska tanasida bir necha bosqichda tullab rivojlanadi. Fassiolalar lichinkasi boʻlgan suv yoki oʻsimlik isteʼmol qilinganda Fassiolyoz yuqadi. Kasallik oʻtkir va surunkali kechadi. Fassiolyozning qoʻzgʻatuvchisi organizmga kirib, oradan 2—4 hafta oʻtgach, bemor isitmalaydi, toshma toshib, yoʻtal paydo boʻladi. Jigar kattalashadi va ushlab koʻrilganda ogʻriydi, badan sargʻayadi, Fassiolyoz surunkali kechganda meʼdaichak faoliyati buziladi, ovqat yaxshi qazm boʻlmaydi, goho koʻngli aynib, bemor qayt qiladi, ishtahasi yaxshi boʻlishiga qaramay, u ozib ketadi, darmoni quriydi.

Ensiklopediya.uz
FASSIOLYOZ