XANTI-MANSIYSK

XANTI-MANSIYSK

XANTI-MANSIYSK (1940-y. gacha OstyakoVogulsk) — RF Tyumen viloyati XantiMansilar muxtor okrugidagi shahar (1950-y. dan), okrug markazi. Irtish daryosining oʻng sohilida. Dare porti. Aholisi 35,9 ming kishi (1998). 1931-y. da ishchilar shaharchasi — muxtor okrugining markazi sifatida vujudga kelgan. 1934-y. dan Omsk viloyati, 1944-y. dan Tyumen viloyati tarkibida. Shahar tarkibiga 16-a. dan maʼlum boʻlgan Samarovo qishlogʻi ham kiradi. Yetakchi sanoat tarmogʻi — baliq sanoati. Shuningdek, oʻrmon sanoati ham mavjud. Asosiy korxonalari: baliq konservalash, yogʻochsozlik ktlari, taxta tilish zavodi, mebel fkasi. Yirik darrandachilik xoʻjaligi; Chekka Shimol q. x. ilmiy tadqiqot intining tajriba styasi bor. Oʻlkashunoslik muzeyi ishlab turibdi.

Ensiklopediya.uz
XANTI-MANSIYSK