FAN KOMITETI

FAN KOMITETI

FAN KOMITETI, Oʻzbekiston Xalq Komissarlari Kengashi huzuridagi fan komiteti — 1930-y. larda Oʻzbekistonda fan shtabi vazifasini bajargan ilmiy tashkilot. 1932-y. okt. da Oʻzbekiston MIK xuzurida tashkil etilgan. Uning tarkibida geol. va mineral resurslar guruhi hamda kabineti, gidrogeol. va muhandislik geol. si, energstiklar, agrooʻrmonmelioratsiya guruhlari, oʻsimliklar resurslari guruhi va kabineti, xaritagrafiya boʻlimi hamda guruhlar qoshida tuproqshunoslik, gidrologiya va b. sektorlar boʻlgan. Fan komiteti zimmasiga zarur lab. va intlar tashkil etish hamda ularni jihozlash, ilmiy kadrlar tayyorlash vazifasi yuklatilgan. 1934-y. 1-iyundan Oʻzbekiston XKS ixtiyoriga oʻtkazilgan. 1935-y. F. k. tizimida 12 i. t. muassasasi, 2 kutubxona va jur. tahririyati boʻlgan. Shu yili tarkibida yangi boʻlim, guruh, lab. va sektorlar tashkil etildi. Ularning faoliyati xalq xoʻjaligining ayrim sohalari uchun amaliy ahamiyatga ega boʻlgan ilmiy masalalarni hal etishga qaratildi. Respublika ishlab chiqaruvchi kuchlarni oʻrganuvchi boʻlimning tashkil toggishi ham Fan komiteti faoliyatida katta rol oʻynadi. 1937-y. F. k. tarkibida tibbiyot va fizikamat., ijtimoiy, texnika fanlari boʻlimlari tuzidsi; boʻlim sifatida nashriyot ham tashkil etildi. Fan komiteti faoliyatida kimyo, fizika, mat., gidroenergetika, geol., adabiyot va til fanlari yetakchi ilmiy yoʻnalishga aylandi. Fan komiteti muassasalari Oʻzbekiston oʻsimlik va hayvonot dunyosi, tuproq va yer geol. si, yer yuzasi va yer osti suvlari energetika resurslarini oʻrganish va ulardan foydalanish yoʻllari, mineral yoqilgi zaxiralari, neft qatlamlari va b. boʻyicha i. t. lar olib bordi. Ijtimoiy fan sohalari — Oʻzbekiston iqtisodiyoti, oʻzbek tili va adabiyoti, moddiy madaniyat yodgorliklarini oʻrganish va muhofaza qilish boʻyicha tadqiqotlar avjoldi. 1938-y. F. k. ning muassasalarida 83 ilmiy xodim, jumladan, 7 fan dri va 5 prof. ishladi. Fan komitetiga turli davrlarda Otajon Hoshim, T. N. QoriNiyoziy, I. I. Islomov rahbarlik qilgan. O. k. negizida 1940-y. yanv. da SSSR FAning Oʻzbekiston filiali, 1943-y. noyab. da Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tashkil topdi.

Ensiklopediya.uz
FAN KOMITETI