FLUORESSENSIYA
FLUORESSENSIYA (flyuorit va lot. escent — kuchsiz taʼsirni ifodalovchi suffiks) , flyuoressensiya — qisqa vaqtda soʻnadigan lyuminissensiya. Odatda, Fluoressensiya atom va molekulalarning spontan kvant oʻtishlarida sodir boʻladi, shuning uchun Fluoressensiya davomiyligi atom va molekulalarning uygʻongan holatda yashash vaqti b-n aniqlanadi (man etilgan utishlar holida Fluoressensiya davomiyligi anchagina katta boʻlishi mumkin). Fluoressensiya yordamida moddalar strukturasi va ularda yuz beradigan fizik jarayonlar oʻrganiladi. Fluoressensiyadan lyuminessent analiz, chaqnovchi sanagichlar, defektoskopiya, mikrobiologiya, tibbiyot, biofizika va h. k. larda foydalaniladi.
Ensiklopediya.uz
FLUORESSENSIYA