FILIPP II
FILIPP II (Philippos), (mil. av. taxm. 382 — 336) , Sharqda Faylaqus — Makedoniya podshosi (mil. av. 359-y. dan). Aayeksandrning otasi. 359-y. da Makedoniyani birlashtirib, yagona davlat tuzishga erishadi. Makedoniyaning mavqeini koʻtarish, uning siyosiy, iqtisodiy, ayniqsa, harbiy rolini kuchaytirish maqsadida bir qancha harbiy islohotlarni amalga oshiradi. Muntazam qoʻshin va kuchli harbiy dengiz floti hamda Makedoniya falangasini tashkil qiladi, yagona pul birligini joriy etadi, oltin tangalar zarb kildiradi. 359—336-y. lar davomida Peoniya, Fessaliya, Illiriya (bir qismi) kabi qoʻshni davlatlar, soʻngra esa Xalkidika va b. Egey dengizi boʻyi mamlakatlarini zabt etadi. Makedoniya tobeligiga Epir, Frakiya va b. tushib qoladi. 338-y. F. II Xeroneya yaqinida yunonlarning birlashgan harbiy kuchlarini tormor etadi. Natijada, Yunoniston Makedoniyaning yakka hokimligini tan oladi. Shundan soʻng Filipp II fors hududlariga yurish qilishni rejalashtiradi. Biroq saroy fitnasi natijasida oʻldiriladi. Ushbu suiqasdda Filipp IIning xotini, yaʼni Aleksandrning onasi Olimpiadaning ham qoʻli borligi xususida mishmishlar tarqaladi. Aleksandr suiqasd ishtirokchilarini qidirib topadi va ularni jazolaydi. Filipp II ulimidan keyin 20 yoshli Aleksandr Makedoniya taxtiga utiradi.
Ensiklopediya.uz
FILIPP II