XUSUSIY MULK
XUSUSIY MULK — ayrim kishilar yoki xonadonlar ixtiyoridagi mulk; bozor iqtisodiyotidagi xilmaxil mulklar orasida yetakchi mulk shakli. Xususiy mulkning obyekti moddiy va moliyaviy boyliklar, ish kuchi, intellektual mehnat mahsuli, yer, suv, yer osti boyliklari, korxonalar, xoʻjaliklar, aksiya va obligatsiyalar, pul mablagʻlari, transport vositalari, turar joy, isteʼmol tovarlari, mehnat qobiliyati, ishbilarmonlik mahorati, ilmiy kashfiyotlar, texnikaviy ixtirolar, sanʼat va adabiyot asarlari va boshqalar boʻlishi mumkin. Xususiy mulk subyekti unga egalik qiluvchi kishilar, ayrim shaxslar va xonadon axli xisoblanadi.
Ensiklopediya.uz
XUSUSIY MULK