XUN

XUN

XUN (fors. — qon) — qonli oʻch, qarindoshurugʻning hayoti, nomusori, shaʼni va mulkini himoya qilishdagi qad. odatlardan biri. Ibtidoiy jamoa davrida paydo boʻlgan. Baʼzi urugʻlarda fatsat qotilni oʻldirish bilan X. olinsa, ayrim hollarda uning urugʻiga tegishli biror yaqin qarindoshini mahv qilish bilan kifoyalangan. Davlat barpo boʻlgan yangi jamoada bu odatga bir oz chek qoʻyilgan. Qasoskorlar bilan javobgarlar doirasi birmuncha qisqartirilgan, keltirilgan zarar miqsori, qasos olingan obyektning jinsi, yoshi, jamiyatda tutgan oʻrni eʼtiborga olingan. Keyinchalik X. olish yetkazilgan zararni modsiy toʻlov bilan qoplash tizimi bilan ham almasha boshlagan.

Ensiklopediya.uz
XUN