XOFSTEDTER

XOFSTEDTER

XOFSTEDTER (Hofstadter) Robert (1915.5.2, NyuYork — 1990) — amerikalik fizik. Prinston universitetini tugatgan (1938). Prinston universitetida (1946-y. dan), Stanford universitetida (1950-y. dan, 1954-y. dan prof.) ishlagan. Gammakvantlar, neytronlar va rentgen nurlanishlarini qayd qilish uchun moʻljallagan hisoblagichlarni yaratgan. Kosmik nurlarni va relyativistik elektronlar vujudga keltirgan kaskadjalalarni oʻrgangan. Elektronlarning nuklonlarda tarqalishiga doyr fundamental ishlarni amalga oshirgan, natijada nuklonlarning strukturasini bilishga imkon tugʻilgan. Nobel mukofoti laureati (1961).

Ensiklopediya.uz
XOFSTEDTER