FITOFTOROZ

FITOFTOROZ

FITOFTOROZ, qizgʻish chirish — oʻsimliklarda fitoftora (Phytophtora) turkumiga mansub zamburuglar qoʻzgʻatadigan kasalliklar. Kartoshka, pomidor, piyoz, sitrus ekinlari, olma va b. da uchraydi. Kartoshka F. ida (qoʻzgʻatuvchisi — P.infestans) barglarda yirik dogʻlar, nam obhavoda barglarning orqa tomonida oq gʻubor paydo boʻladi, tuganagida dastlab qora dogʻlar koʻrinadi, soʻngra ular qoʻngʻir rang olib, chiriydi va qattiklashib qoladi. Zararlangan tuganaklar kartoshkani saqlash jarayonida yana boshqa kasalliklar bilan zararlanadi.

Ensiklopediya.uz
FITOFTOROZ