FALAJ
FALAJ (arab.) , shol — ixtiyoriy harakatlar qilish qobiliyatining yoʻqolishi; nerv sistemasining organik va funksional zararlanishi natijasida roʻy beradi. Falajga qon aylanishining buzilishi, bosh va orqa miyaning yalligʻlanishi yoki shikastlanishi, nerv sistemasining oʻsmalari va h. k. sabab boʻladi. Muskullar yalligʻlanib, suyakboʻgʻim apparati shikastlanganda harakatlarning mexanik tarzda cheklanishini ularning Falaj dagi buzilishdan farqlash lozim.
Ensiklopediya.uz
FALAJ