XORAZM MAQOMLARI
XORAZM MAQOMLARI — maqom turi. Xorazmda maqom yoʻllariga yaqin mumtoz musiqa namunalari qadimdan maʼlum boʻlgan. Bizgacha yetib kelgan shakli — olti maqom (Rost, Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq) tizimi Shashmaqom asosida 19-a. boshlarida shakllangan. Har bir maqom belgilovchi omil — muayyan lad tizimi va uning asosida yuzaga kelgan kuy yoʻllaridan iborat. Xorazm maqomlari Buxoro Shashmaqomi kabi mustaqil tuzilishga ega boʻlgan chertim (cholgʻu) va aytim (ashula) boʻlimlarini oʻz ichiga oladi. Chertim yoʻli (boʻlimi) tani maqom, tarje, peshrav, muxammas, saqil, ufar kabi shaklan yakunlangan va nisbiy mustaqil qismlardan tashkil toptan. Boshlangʻich tani makom va yakunlovchi ufar har bir maqomda bittadan boʻlsa, oʻrtada keladigan peshrav, muxammas, sakil 2—3 tagacha boʻladi. Cholgʻu yoʻli yakkanavozlik va joʻrnavozlik usulida chalinadi. Yakkanavozlikda tanbur asosiy soz hisoblanadi. Joʻrnavozlik, odatda, tanbur, dutor, nay, boʻlamon, qoʻshnay, gʻijjak, chang, doiradan iborat ansamblda amalga oshiriladi.
Ensiklopediya.uz
XORAZM MAQOMLARI