FADEYEV Aleksandr Aleksandrovich
FADEYEV Aleksandr Aleksandrovich [1901.11(24). 12, hoz. Kalinin viloyati Kimri sh. — 1956.13.5, Moskva] — rus yozuvchisi va jamoat arbobi. 1908-y. F. lar oilasi Uzoq Sharqqa koʻchib kelgan. Fadeyev shu yerda tijorat bilim yurtida oʻqigan (1912—19) va bolsheviklarga yaqinlashib, inqilobiy faoliyat b-n shugʻullangan. Moskvadagi Togʻkon akademiyasida 2 y. tahsil olgach, partiyaviy ishlarda xizmat qilgan (1924—26). SSSR Yozuvchilar boshqaruv organlarida turli lavozimlarda ishlagan (1926—56). Butunjahon Tinchlik kengashi vitseprezidenti (1950—56).
Ensiklopediya.uz
FADEYEV Aleksandr Aleksandrovich