HOMIDXONOV Muzaffar Zohidxonovich
HOMIDXONOV Muzaffar Zohidxonovich (1916.26.7 — Toshkent — 1972.25.6) — energetika sohasidagi olim, Oʻzbekiston FA akad. (1968), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1966), texnika fanlari dri (1961), prof. (1962). Oʻrta Osiyo industrial in-tini tugatgan (1940), shu in-tda oʻqituvchi, aspirant, Chirchiq elektrokimyo kombinatida sinovchi-muhandis (1941—45), Toshkent politexnika inti (ToshPI) da dotsent, kafedra mudiri (1946—62), Oʻzbekiston FA Energetika va avtomatika in-ti direktori (1956— 62), Oʻzbekiston FA Prezidiumi Bosh ilmiy kotibi (1962—70), ToshPI rektori (1971—72). «Fan va turmush» jurn. bosh muharriri (1972).
Ensiklopediya.uz
HOMIDXONOV Muzaffar Zohidxonovich