CHOʻLPON
CHOʻLPON (taxallusi; asl ismsharifi Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Yunusov) (1898, Andijon — 1938.4.10, Toshkent) — shoir, yozuvchi, dramaturg, tarjimon, tanqidchi va jamoat arbobi. Dastlab madrasada (1908—12), soʻngra rustuzem maktabida (1912 — 14) oʻqigan. Sharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiysiyosiy bilimini oshirgan. 1914-y. Toshkentga kelib, «Sadoi Turkiston» gaz. bilan hamkorlik qilgan. «Yangi Sharq», «Ishtirokiyun» (1920-y. dan «Qizil bayroq», 1922-y. dan «Turkiston») gaz. da adabiy xodim (1919—23), Xalq maorif komissarligi qoshidagi Ilmiy kengash (1921-y. dan Oʻlka oʻzbek bilim hayʼati, 1922-y. dan Ilmiy hayʼat)da rais (1920—23), «Buxoro axbori» gaz. da muharrir (1921— 22), «Turon» teatrida direktor (1921; 1922—23), «Mushtum» jur. va «Darxon» gaz. da texnik muharrir, adabiy xodim (1922—23), Oʻzbek drama studiyasi (Moskva, 1924 — 27) va Oʻzbek davlat drama teatrida adabiy emakdosh (192731), SSSR XKS va Sharq xalqlari markaziy nashriyotida tarjimon (Moskva, 1931— 34), «Mushtum» va «Guliston» jur. lari hamda «Teatru» gaz. da adabiy xodim (jamoatchilik asosida, 1935—37).
Ensiklopediya.uz
CHOʻLPON