«Sevgi so’zlarda emas, qalbda yashaydi!»
«Sevgi so’zlarda emas, qalbda yashaydi!»
DO`STLARGA ULASHING:
— Boshqa mahallada yashaydigan yigit bilan bir-birimizga ko’ngil qo’ygan edik. Ammo kollejni bitirishim bilan ota-onam meni tanishlarining o’g’liga majburlab uzatdi. Boshqa yigitni sevishimni aytganimda, na onam, na dadam va na akalarim «Bu bechorada ham ko’ngil bor, axir», deya so’zlarimga quloq solishdi.
Aksincha, «U yigitning oilasi yaxshi emas, dadasi ko’p ichadi. Akasi qimorboz», deya hammalari bir ovozdan qarshi chiqdi. To’ydan oldin bir marta uydagilardan yashirincha ko’ngil qo’ygan yigitim bilan uchrashdim. Bechora juda xafa edi. Xayrlashayotganimizda «Unutma, mendek seni hech kim sevolmaydi», dedi. Yig’lab yubordim.
To’y o’tdi. Erim bilan ko’ngil qo’yib turmush qurmaganimiz uchunmi bir-birimizga befarqmiz, hayot shu ekan, deb shunchaki yashayapmiz, xolos. Lekin hamon uni unutolmay yashayapman. U to’g’ri aytgan ekan. Haqiqatan ham, endi meni hech kim uningdek sevolmas ekan, afsus. Ota-ona roziligi deb muhabbatimni yo’qotdim. Uni eslaganimda uydan bosh olib ketgim keladi. Yoki shunday qilsammikin, nima deysiz?
Dilnoza
Fag’ona viloyati
«Sevgi so’zlarda emas, qalbda yashaydi!»