HAYDAR ALI

HAYDAR ALI

HAYDAR ALI (1722-1782.7.12) – Hindistondagi Maysur davlatining hukmdori (1761-y. dan); ingliz bosqinchilariga qarshi harakat tashki-lotchisi. Dastlab harbiy otryad boshligʻi boʻlgan. Mulkdorlar oʻrtasidagi oʻzaro urushlar (1758—60 y. lar)dan foydalanib hokimiyatni egallagan. Roja nomigagina hukumat boshligʻi hisoblangan. Soliqlarni koʻpaytirish hisobiga armiyani qaytadan yev-ropacha tuzgan, jogir tizimini bekor qilgan, askarlarga maosh belgi-lagan hamda artilleriyani kuchaytirgan. 1761—64 y. larda Maysur hududini qoʻshni davlatlar hisobiga kengaytirgan.

Ensiklopediya.uz
HAYDAR ALI