HAYVONLAR
HAYVONLAR, hayvonot dunyo-s i (AshtaNa) — organik olam sistemasidagi yirik boʻlimlardan biri. Hayvonlarning bundan 1 — 1,5 mlrd. yil ilgari okean suvida mikroskopik, xlo-rofillsiz amyobasimon xivchinlilar shaklida paydo boʻlganligi taxmin qilinadi. Hayvonlarning eng qad. qazilma qoldiqlari yoshi 0,8 mlrd. yildan oshmaydi. Koʻp hujayrali Hayvonlar — boʻshliq-ichlilar, chuvalchanglar, tuban boʻgʻim-oyoqlilarnpnt dastlabki qoldiqlari soʻnggi kembriy qatlamlaridan boshlab (mil. dan 690— 570 mln. yil av.) uchraydi. Kembriy davri boshlarida (mil. dan 570—490 mln. yil av.) tashqi mineral skeletli (chigʻanoqli yoki xitinli) dengiz umurtqasizlarining koʻpchilik guruxlari (trilobitalar, jabraoyoqlilar, mollyuskalar, arxeotsiatlar) rivojlangan. Kembriyning oxirida tashqi skeletga ega boʻlgan umurtqasizlar (toʻgarak ogʻizlilartsht qadimgi ajdodlari) kelib chiqqan. Silurda (mil. dan 445—400 mln. yil av.) H. oʻsimliklar bilan bir vaqtda quruqtik yuzasini egallay boshlaydi. Silurning keyingi davrida, dastlabki chayonlar, devon oxiridan boshlab (mil. dan 400— 345 mln. yil av.) dastlabki quruqlikda yashovchi umurtqa-lilar — suvda hamda quruqlikda yashovchilar rivojlangan. Karbon davrida (mil. dan 345—280 mln. yil av.) quruqlikda umurtqasizlardan hasharotlar, umurtqalilardan tuban tuzilishga ega boʻlgan sudralib yuruv-chilar va suvda hamda quruqlikda yashovchilar, Mezozoyning trias, yura va boʻr davrlarida (mil. dan 230—66 mln. yil av.) sudralib yuruvchilar hukmronlik qilgan. Trias oʻrtalarida (mil. dan 230—195 mln. yil av.) di-nozavrlar, bu davr oxirida sut emi-zuvchilar kelib chiqqan. Qushlar yura davrining oxiridan (mil. dan 195 — 136 mln. yil av.) maʼlum. Boʻr davrining oxiriga kelib (mil. dan 136 — 66 mln. yil av.) koʻpchilik dengiz umurtqasizlari, dengiz va quruqlikda yashovchi sudralib yuruvchilar, jumladan. dinozavrlar qirilib ketadi; ular oʻrnini qushlar va sut emizuv-chilar egallaydi.
Ensiklopediya.uz
HAYVONLAR