SEVGI BOSHIMGA BALOLAR SOLDI.

SEVGI BOSHIMGA BALOLAR SOLDI.

SEVGI BOSHIMGA BALOLAR SOLDI.

Mundarija скрыть
SEVGI BOSHIMGA BALOLAR SOLDI.
DO`STLARGA ULASHING:
Qalbimga beso‘roq kirgan sevgim tufayli boshimga har xil savdolar tushdi. Yoshim 16 da, shu yil maktabni bitirdim. 8-sinfda o‘qiyotganimda, o‘zimdan bir sinf yuqorida o‘qiydigan Javohirni sevib qoldim. Ammo unga sevgi izhor qilolmasdim. U bo‘lsa, dugonam Surayyoga sevgi izhor qildi. Bundan battar azobda qoldim. Baribir, har kuni tongda maktabga oshiqardim. Uni ko‘rib, shukr qilardim. Menga qaraganida, yuragim gursillab urib ketardi. Sevgi tufayli hardamxayol bo‘lib qoldim. O‘qituvchim buni payqab, bir necha marta tanbeh berdi. Netayki, Javohirdan boshqani o‘ylolmasdim. Sinfdosh dugonalarimning har xil gaplari ham meni bu yo‘ldan qaytara olmadi. Qanday bo‘lsa ham, u men uchun yagona edi. Javohir maktabni bitirdi. Men uning bizdan bir sinf quyida o‘qiydigan singlisi bilan do‘stlashib oldim. U akasini sevishimni eshitib, xursand bo‘ldi. Bu haqda hatto onasiga aytibdi. Onasiga ham ma’qul keldim. Ammo Javohirning o‘zi mening tuyg‘ularimdan bexabar edi. Bir kuni Javohir singlisidan mening telefon raqamimni olib, o‘rtoqlariga qo‘ng‘iroq qildirdi. Keyin o‘zini Javohirning qarindoshi Sardor deb tanishtirdi. Men unga Javohirni sevishimni aytdim, u esa, uchrashishni taklif qildi. Uchrashuvimiz hech qachon esimdan chiqmaydi. Chunki u menga juda yaxshi muomala qildi. Keyin arazlashadigan, urishadigan bo‘ldik. Har gal tortishib qolganimizda, «Bo‘ldi, seni boshqa bezovta qilmayman”, derdi. Ammo ko‘p o‘tmay yana qo‘ng‘iroq qilardi. Bir kuni u menga sevishini aytdi. Men ham sevgimga iqror bo‘ldim. U hayotini mensiz tasavvur qilolmasligini aytardi-yu, yana arzimagan narsadan janjal chiqarardi. Shu tariqa olti oy o‘tdi. Men ham maktabni bitirdim. Yaqinda u bitta SMSni deb orani ochiq qildi. Avvalgi safar urishib qolganimizda, bir pachka dori ichgandim. Keyin qo‘ng‘iroq qilgach, dorining kuchini kesish uchun rosa suv ichdim. Menga hech narsa qilmadi. U bilan gaplashganimda, shuni aytdim. U bo‘lsa: «Ichsang ichaver. Sening haqingga duo qilib yuraman”, — dedi. Usiz yasholmayman. Ammo qiynalib ketdim. Yuragim siqilyapti. Men juda ta’sirchanman. Hamma narsadan siqilaveraman. Nima qilay? Sevgi deganlari faqat g‘am-alamdan iboratmi? Hayot shunchalar achchiqmi? Negadir dunyo ko‘zimga qorong‘i…

DO`STLARGA ULASHING:

Qalbimga beso‘roq kirgan sevgim tufayli boshimga har xil savdolar tushdi. Yoshim 16 da, shu yil maktabni bitirdim.
8-sinfda o‘qiyotganimda, o‘zimdan bir sinf yuqorida o‘qiydigan Javohirni sevib qoldim. Ammo unga sevgi izhor qilolmasdim. U bo‘lsa, dugonam Surayyoga sevgi izhor qildi. Bundan battar azobda qoldim.
Baribir, har kuni tongda maktabga oshiqardim. Uni ko‘rib, shukr qilardim. Menga qaraganida, yuragim gursillab urib ketardi. Sevgi tufayli hardamxayol bo‘lib qoldim. O‘qituvchim buni payqab, bir necha marta tanbeh berdi. Netayki, Javohirdan boshqani o‘ylolmasdim. Sinfdosh dugonalarimning har xil gaplari ham meni bu yo‘ldan qaytara olmadi. Qanday bo‘lsa ham, u men uchun yagona edi.
Javohir maktabni bitirdi. Men uning bizdan bir sinf quyida o‘qiydigan singlisi bilan do‘stlashib oldim. U akasini sevishimni eshitib, xursand bo‘ldi. Bu haqda hatto onasiga aytibdi. Onasiga ham ma’qul keldim. Ammo Javohirning o‘zi mening tuyg‘ularimdan bexabar edi.
Bir kuni Javohir singlisidan mening telefon raqamimni olib, o‘rtoqlariga qo‘ng‘iroq qildirdi. Keyin o‘zini Javohirning qarindoshi Sardor deb tanishtirdi. Men unga Javohirni sevishimni aytdim, u esa, uchrashishni taklif qildi. Uchrashuvimiz hech qachon esimdan chiqmaydi. Chunki u menga juda yaxshi muomala qildi. Keyin arazlashadigan, urishadigan bo‘ldik. Har gal tortishib qolganimizda, «Bo‘ldi, seni boshqa bezovta qilmayman”, derdi. Ammo ko‘p o‘tmay yana qo‘ng‘iroq qilardi.
Bir kuni u menga sevishini aytdi. Men ham sevgimga iqror bo‘ldim. U hayotini mensiz tasavvur qilolmasligini aytardi-yu, yana arzimagan narsadan janjal chiqarardi.
Shu tariqa olti oy o‘tdi. Men ham maktabni bitirdim.
Yaqinda u bitta SMSni deb orani ochiq qildi. Avvalgi safar urishib qolganimizda, bir pachka dori ichgandim. Keyin qo‘ng‘iroq qilgach, dorining kuchini kesish uchun rosa suv ichdim. Menga hech narsa qilmadi. U bilan gaplashganimda, shuni aytdim. U bo‘lsa: «Ichsang ichaver. Sening haqingga duo qilib yuraman”, — dedi.
Usiz yasholmayman. Ammo qiynalib ketdim. Yuragim siqilyapti. Men juda ta’sirchanman. Hamma narsadan siqilaveraman.
Nima qilay? Sevgi deganlari faqat g‘am-alamdan iboratmi? Hayot shunchalar achchiqmi? Negadir dunyo ko‘zimga qorong‘i…

SEVGI BOSHIMGA BALOLAR SOLDI.